World Boxing reytingi e’lon qilindi. O‘zbekiston nechanchi o‘rinda?

Sport

image

World Boxing xalqaro tashkiloti o‘zining yangilangan rasmiy reytingini e’lon qildi. Hisob-kitoblarga ko‘ra, O‘zbekiston terma jamoasi umumiy natijalar bo‘yicha birinchi o‘rinni egallagan.

Reyting natijalariga ko‘ra, o‘zbekistonlik olti nafar bokschi o‘z vazn toifasida yetakchilik qilmoqda. Ular – Abdumalik Halokov (60 kg), Asadxo‘ja Mo‘ydinxo‘jayev (65 kg), Fazliddin Erkinboyev (75 kg), Jahongir Ummataliyev (80 kg), Akmaljon Isroilov (85 kg) va To‘rabek Habibullayev (90 kg).

Reytingda O‘zbekiston bokschilari 10 ta vazn toifasining 6 tasida yetakchi. Qozog‘istonlik bokschilar esa qolgan 4 toifada peshqadamlik qilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Liverpulda bo‘lib o‘tgan boks bo‘yicha jahon chempionatida O‘zbekiston terma jamoasi 6 ta oltin 2 ta kumush va 3 ta bronza, jami 11 ta medalni qo‘lga kiritgan edi.


Maqola muallifi

Teglar

Asadxo'ja Mo'ydinxo'jaev Abdumalik Halokov World Boxing

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing