XXI asrning eng yaxshi hujumchilari reytingi e’lon qilindi

Sport

image

Fransiyaning “Canal+” nashri o‘z talqini bo‘yicha XXI asrning eng yaxshi 15 nafar hujumchisi reytingini e’lon qildi. Unda argentinalik futbol yulduzi Lionel Messi asrning eng yaxshi hujumchisi deb topilgan. 

Manbaga ko‘ra, ushbu ro‘yxatda Argentina terma jamoasi hamda “Inter Mayami” klubi futbolchisi Lionel Messi yetakchilik qilmoqda. U zamonaviy futbol davrining eng kuchli hujumchilaridan biri sifatida e’tirof etilgan.

Ro‘yxatda “Real Madrid” afsonasi portugaliyalik yulduz Krishtianu Ronaldu braziliyalik Ronaldo uchinchi pog‘onadan joy olgan. Shuningdek, Ronaldino va Terri Anri ham ushbu ro‘yxatda kuchli beshlikka kiritilgan.

XXI asrning eng yaxshi 15 hujumchilari ro‘yxatidan yana quyidagi futbolchilar o‘rin olgan: Karim Benzema, Kilian Mbappe, Neymar, Robert Levandovskiy, Dide Drogba, Samuel Eto’O, Zlatan Ibragimovich, Andrey Shevchenko, Raul, Luis Suares.

Qayd etish joiz, Lionel Messi Ispaniya chempionati, “Barselona” hamda Argentina terma jamoasi tarixidagi eng yaxshi to‘purar hisoblanadi. U milliy jamoa bilan ikki bor Amerika kubogi (2021, 2024), Finalissima (2022) va 2022 yilgi Jahon chempionatida g‘olib chiqqan. Argentinalik futbol yulduzi 2023 yildan buyon AQSHning “Inter Mayami” klubida o‘ynamoqda. 2025 yil dekabr oyida u jamoasi bilan MLS chempionligini qo‘lga kiritdi.


Maqola muallifi

Teglar

Lionel' Messi Krishtianu Ronaldu XXI asr

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing