Saudiya Arabistoni ligasi juda kulgili joy – Toni Kroos
Sport
−
09 fevral 1943 1 daqiqa
“Real Madrid”ning sobiq yarim himoyachisi Toni Kroos Saudiya Arabistoni chempionatida “Al-Nasr” hujumchisi Krishtianu Ronaldu bilan bog‘liq vaziyat yuzasidan o‘z fikrlarini bildirdi.
Nemis futbolchisi o‘z podkastida Saudiya ligasi va Ronalduning ta’siri haqida tanqidiy munosabat bildirdi:
“Saudiya Arabistoni ligasi juda kulgili joy, chunki Krishtianu kelishidan oldin hech kim ular haqida eshitmagan edi. Endi esa ularga global shuhrat keltirgan odamni hurmat qilishmaydi. Sizga ochiqchasiga aytaman: agar Krishtianu ertaga ketsa, bu ligani boshqa hech kim tomosha qilmaydi”, dedi Kroos.
Avvalroq, OAVda Krishtianu Ronaldu Saudiya Arabistoni Davlat investitsiya jamg‘armasi (PIF) siyosatiga nisbatan noroziligi haqida xabarlar tarqalgan edi. Mazkur jamg‘arma “Al-Nasr”, “Al-Ittihod”, “Al-Hilol” va “Al-Ahli” klublariga egalik qiladi.
Shuningdek, xabarlarga ko‘ra, portugaliyalik yulduz “Al-Nasr”ning qishki transfer siyosati va yangi futbolchilar tanlovidan ham qoniqmagan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq “Al-Nasr” jamoasi muxlislari Saudiya Arabistoni Premer-ligasining 21-turidan o‘rin olgan “Al-Ittihod”ga qarshi uchrashuv vaqtida portugaliyalik hujumchi Krishtianu Ronalduni qo‘llab-quvvatlash maqsadida maxsus aksiya o‘tkazgandi.
Live
Barchasi