Yamal dastxatlarini sotishni rejalashtiryapti

Sport

image

Ispaniya terma jamoasi va “Barselona” yosh yulduzi Lamin Yamal endi muxlislar uchun dastxat bermaydi. Bu uning reklama faoliyatini boshqaruvchi agentlikning yangi qarori bilan bog‘liq. Yamal esa o‘z dastxatini faqat maxsus savdo platformasi orqali sotishni rejalashtirmoqda. Bu haqda “Mundo deportivo” nashri xabar berdi.

Manbalarga ko‘ra, sport yulduzlarining imzolangan kiyimlari va atributlarini tijorat asosida sotuvchi kompaniya futbolchiga shartnoma taklif qilgan. Shu bois, Yamal hozircha imzo berishni to‘xtatgan, biroq muxlislar bilan suratga tushishda davom etmoqda. “Barselona” klubi ham bu vaziyatni tabiiy hol sifatida qabul qilgan.

Klubning ma’lum qilishicha, Yamal jamoa majburiyatlarini bajarish doirasida ma’lum miqdordagi dastxatlarga ruxsat berish masalasida muzokaralar olib bormoqda. Futbolchining imzosi hozircha kam bo‘lgani sababli uning qiymati yanada yuqori hisoblanadi.

Mazkur shartnoma hali imzolanmagan, ammo tomonlar bitimni yakunlash niyatida. Bunday marketing modeli, ayniqsa, AQSH sport bozorida, xususan, NBA yulduzlari orasida keng tarqalgan. “Barselona” Lamin Yamalning bu qarorini tushunish bilan qabul qilgan. Klub uni akademiyaning faxri sifatida ko‘radi.

Ma’lumot uchun, Lamin Yamal bugungi kunda Adidas, Beats, Powerade, Oppo, Konami va Nesquik kabi yirik brendlarning yuzi sanaladi, shuningdek, u UNICEF elchisi hisoblanadi.


Maqola muallifi

Teglar

Barselona reklama Lamin Yamal'

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing