“Yangi O‘zbekiston” bog‘ida mushakbozlik bo‘ladi

Jamiyat

image

Bugun, 9 may kuni Xotira va qadrlash kuni munosabati bilan Toshkentdagi "Yangi O‘zbekiston" bog‘ida mushakbozlik uyushtiriladi. Bu haqda Mudofaa vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.

Qayd etilishicha, mushakbozlik bugun soat 21:00da tashkil etilishi rejalashtirilgan.

Avvalroq, 8 may kuni poytaxtdagi “G‘alaba bog‘i” yodgorlik majmuasida joylashgan “Matonat madhiyasi” monumentiga hamda 9 may kuni Xotira maydonida joylashgan “Motamsaro ona” monumentiga, shuningdek, Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlar markazlaridagi “Motamsaro ona” monumentlari poyiga gulchambarlar qo‘yish marosimlari o‘tkazilishi ma’lum qilingandi.

Eslatib o‘tamiz, 8 may kuni Ikkinchi jahon urushida qozonilgan g‘alabaga hissa qo‘shgan barcha urush va front orti mehnat faxriylariga ehtirom ko‘rsatish maqsadida Toshkent shahrining asosiy ko‘chalarida Mudofaa vazirligi qo‘shinlari harbiy bo‘linmalarining namoyishkorona piyoda yurishlari tashkil etilishi aytilgandi.


Maqola muallifi

Teglar

O'zbekiston Xotira va qadrlash kuni mushakbozlik

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing