Yangi yil bayramida qor yog‘adimi?
Bu qiziq
−
27 dekabr 6820 3 daqiqa
O‘zgidromet 29 dekabrdan 1 yanvargacha kuzatiladigan ob-havo prognozini e’lon qildi.
Unga ko‘ra, Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Xorazm viloyatida havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, 29 dekabrda ba’zi joylarda biroz yomg‘ir yog‘ishi mumkin, 30 dekabrda ba’zi joylarda yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) bo‘lishi mumkin. 31 dekabrda-1 yanvarda yog‘ingarchilik kutilmaydi. Ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. G‘arbiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 2 daraja sovuq 3 daraja iliq, kunduzi 29-30 dekabrda 5-10 daraja iliq, 31 dekabrda 1 yanvarda 3-8 daraja iliq bo‘ladi.
Buxoro va Navoiy viloyatlaprida havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, 29-31 dekabrda ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘ishi mumkin. 1 yanvarda yog‘ingarchilik kutilmaydi. Ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. G‘arbiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 29 dekabrda ba’zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 29 dekabrda 3-8 daraja iliq, 30 dekabrda 5-10 daraja iliq, 31 dekabr-1 yanvarda 2 daraja sovuq 3 daraja iliqqacha pasayadi, kunduzi 29 dekabrda 13-18 daraja iliq, 30-31 dekabrda 5-10 daraja iliqqacha pasayadi. 1 yanvarda 7-12 daraja iliq, Navoiy viloyatining shimolida kechasi 2 daraja sovuq 3 daraja iliq, kunduzi 29-30 dekabrda 5-10 daraja iliq; 31 dekabrda 1 yanvarda 3-8 daraja iliq bo‘ladi.
Toshkent, Samarqand, Jizzax, Sirdaryo viloyatlarida havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, 29 dekabrda va 1 yanvarda yog‘ingarchilik kutilmaydi. 30-31 dekabrda ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi. Ba’zi joylarda tuman tushishi mumkin. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 29 dekabrda ba’zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 29 dekabrda kechasi 3-8 daraja iliq, kunduzi 13-18 daraja iliq; 30 dekabrda kechasi 5-10 daraja iliq, kunduzi 8-13 daraja iliq, 31 dekabrda kechasi va kunduzi 5-10 daraja iliq, 1 yanvarda kechasi 0-5 daraja iliq, kunduzi 5-10 daraja iliq bo‘ladi.
Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, 29 dekabrda va 1 yanvarda yog‘ingarchilik kutilmaydi, 30-31 dekabrda ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi. Ba’zi joylarda tuman tushishi mumkin. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 29 dekabrda ba’zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 29-30 dekabrda 6-11 daraja iliq, 31 dekabrda-1 yanvarda 0-5 daraja iliqqacha pasayadi; kunduzi 29 dekabrda 14-19 daraja iliq, 30 dekabrda-1 yanvarda 7-12 daraja iliqqacha pasayadi.
Andijon, Namangan, Farg‘ona viloyatlarida havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, 29 dekabrda va 1 yanvarda yog‘ingarchilik kutilmaydi, 30 dekabrda ba’zi joylarda biroz yomg‘ir yog‘adi. 31 dekabrda ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi. Ba’zi joylarda tuman tushishi mumkin. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan 5-10 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 29 dekabrda va 1 yanvarda 0-5 daraja iliq, 30-31 dekabrda 2-7 daraja iliq, kunduzi 29 dekabrda 10-15 daraja iliq, 30 dekabrda-1 yanvarda 3-8 daraja iliqqacha pasayadi.
Respublikaning tog‘li hududlarida havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, vaqti-vaqti bilan qor yog‘adi. Ba’zi joylarda tuman tushishi mumkin. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat 29 dekabrda kechasi 2-7 daraja sovuq, kunduzi 2 daraja sovuq-3 daraja iliq; 30 dekabrda kechasi 0-5 daraja sovuq, kunduzi 0-5 daraja iliq, 31 dekabrda kechasi va kunduzi 2 daraja sovuq 3 daraja iliq, 1 yanvarda va kunduzi 0-5 daraja sovuq bo‘ladi.