Yangiyo‘lda er ayoliga pichoq bilan tahdid qildimi? (video)
3-sahifa
−
31 iyul 6521 1 daqiqa
Ijtimoiy tarmoqlarda Toshkent viloyati Yangiyo‘l tumanida erkak bir ayolni kaltaklab, pichoq bilan tahdid qilayotgani aytilgan video tarqaldi. Mazkur holat yuzasidan viloyat Ichki ishlar bosh boshqarmasi matbuot kotibi Bobur To‘laganov izoh berdi.
Qayd etilishicha, ushbu holat bo‘yicha tuman IIB xodimlari tomonidan dastlabki surishtiruv olib borilgan. Unga ko‘ra, voqea bugun, 31 iyul kuni tonggi soat 05:00 larda sodir bo‘lgani aniqlangan. Yangiyo‘l tumanida yashovchi 27 va 20 yoshli er-xotin uyda o‘zaro janjallashgan. Oqibatda ayol turmush o‘rtog‘i boshqaruvidagi avtomashina shinasini uydan olgan oshxona pichog‘i bilan teshgan.
Shundan so‘ng, er pichoqni olib qo‘yishga uringanida, ayol pichoqni bermagan va o‘tgan vaqt davomida ular mazkur holat bo‘yicha ichki ishlar organlariga murojaat qilmagan.
Bildirilishicha, ayni vaqtda holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv ishlari olib borilmoqda. Qonun doirasida tegishli choralar ko‘rilishi ta’minlanadi. Surishtiruv jarayonida fuqarolar bilan IIB mas’ul rahbarlari tomonidan profilaktik suhbat o‘tkazilib, oiladagi vaziyat “mahalla yettiligi” tomonidan nazoratga olingan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Toshkent viloyati Chinoz tumanida turmush o‘rtog‘i va qaynonasini pichoqlab o‘ldirgan kuyov 22 yilga ozodlikdan mahrum etilgani xabar qilingan edi.
Live
Barchasi