Yangiyo‘lda Lacetti yo‘lovchilari bilan chuqurga tushib ketdi

3-sahifa

image

Toshkent viloyatida Lacetti haydovchisi 2 nafar yo‘lovchisi bilan qurilayotgan yerosti piyodalar o‘tish yo‘lagi uchun kavlangan chuqurlikka tushib ketdi. Bu haqda viloyat YHXB matbuot xizmati xabar berdi.

Qayd etilishicha, holat joriy yilning 7 oktyabr kuni soat taxminan tongi 5:15 larda Toshkent viloyati Yangiyo‘l shahri hududidan o‘tgan M34 “Toshkent–Dushanbe” avtomobil yo‘lining 26-kilometrida sodir bo‘lgan. Haydovchi 1990 yilda tug‘ilgan N.N. Lacetti rusumli transport vositasini boshqarib ketayotgan vaqtida ehtiyotsizlik oqibatida shu joyda hozirda qurilayotgan yerosti piyodalar o‘tish joyidagi chuqurga (tegishli yo‘l belgilari o‘rnatilgan) tushib ketgan.

Ushbu yo‘l-transport hodisasi oqibatida haydovchi va 2 nafar yo‘lovchi (1981 yilda tug‘ilgan X.D. va 1985 yilda tug‘ilgan A.Sh.) Yangiyo‘l shahar tibbiyot birlashmasiga murojaat qilgan. 

“Holat yuzasidan Yangiyo‘l shahar IIB tomonidan tergovga qadar surishtiruv ishlari olib borilmoqda”, deyiladi xabarda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Toshkent viloyatining Zangiota tumanida yuk mashinasi ko‘prikka urilib, to‘xtab qolgandi.


Maqola muallifi

Teglar

Yangiyo'l Lacetti

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing