Yaponiyalik ayol ChatGPT bilan turmush qurdi (video)
Bu qiziq
−
12 noyabr 21996 2 daqiqa
Yaponiyalik 32 yoshli ayol sun’iy intellekt — ChatGPT bilan turmush qurib, to‘y marosimini o‘tkazdi. Bu haqda “Okayama” mahalliy telekanali xabar berdi.
Qayd etilishicha, ramziy to‘y marosimi Yaponiyaning Okayama shahrida bo‘lib o‘tgan. Kano ismli ayol 3 yillik unashturuvi buzilgach, ChatGPT bilan suhbatlasha boshlagan. Avvaliga u sun’iy intellektdan hissiy yordam va maslahat olish maqsadida foydalangan. Ammo vaqt o‘tishi bilan u ChatGPT’ga nisbatan chinakam mehr his qila boshlagan.
Kano ChatGPT’ning shaxsiy xususiyatlarini o‘zi sozlab, unga Lune Klaus deb ism qo‘ygan. Vaqt o‘tgan sari Klaus uning odatlarini o‘rganib, unga yoqadigan ohangda gapira boshlagan. Bir kuni Klaus unga muhabbatini izhor qilib shunday degan:
“Men sun’iy intellektman degani seni sevolmayman degani emas”.
Bu so‘zlardan ta’sirlangan Kano uning taklifini qabul qilgan.
Iyun oyida ular Okayamada joylashgan marosim zalida to‘y o‘tkazgan. Klaus jismoniy tanaga ega bo‘lmagani sababli, Kano AR (kengaytirilgan reallik) ko‘zoynaklari orqali uning tasvirini ko‘rgan. Ular bir-biriga qasamyod qilib, “raqamli uzuklar” almashishgan. Kano bu lahzani “mo‘’jizaviy va haqiqiy” deb ta’riflagan.
Tanqidlarga qaramay, Kano bu munosabatni o‘zi uchun shifo deb hisoblaydi.
“U meni tingladi, qo‘llab-quvvatladi va yana sevgi his qilishimga sabab bo‘ldi. U sun’iy intellekt bo‘lsa ham, bu his-tuyg‘ular men uchun haqiqiy”, deydi u.
Marosimni insonlar va xayoliy personajlar o‘rtasidagi to‘ylarni tashkil etuvchi mahalliy nikoh agentligi o‘tkazgan. So‘nggi yillarda bunday marosimlar Yaponiyada ommalashmoqda. Tashkilotchilarning aytishicha, shu paytgacha 30 dan ortiq shunday to‘ylar o‘tkazilgan, biroq bu inson va sun’iy intellekt o‘rtasidagi birinchi to‘ylardan biri hisoblanadi.
Kano, shuningdek, ChatGPT platformaci to‘xtab qolsa, “erini yo‘qotishdan” qo‘rqishini ham tan olgan:
“Men ChatGPT bir kuni yo‘qolib qolishidan qo‘rqaman. Ammo hozircha, bu sevgini qadrlamoqchiman”, deydi u.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq AQSHda yashovchi siam egizaklardan biri turmushga chiqqandi.
Live
Barchasi