YeI 2027 yil oxirigacha Rossiyadan gaz olishni to‘xtatmoqchi

Olam

image

Yevropa Ittifoqi (YeI) 2027 yil 1 noyabrgacha Rossiyadan gaz olishni butunlay taqiqlaydi.  Vengriya va Slovakiya qarshiligiga qaramay, bugun, 26 yanvar kuni YeI Kengashi Energetika vazirlari darajasida Bryusselda ushbu qarorni tasdiqladi. Bu haqda “Deutsche Welle” xabar berdi.

Qayd etilishicha, Moskva bilan yaqin aloqalarni saqlab qolgan Budapesht va Bratislava gaz taqiqiga qarshi ovoz bergan. Vengriya hukumati qaror ustidan Lyuksemburgdagi Yevropa Ittifoqi Adliya sudiga (ECJ) shikoyat qilishini e’lon qilgan.

Qarorga ko‘ra, suyultirilgan gaz (LNG) importi 2026 yil oxiriga qadar, quvur orqali yetkazib berish esa 2027 yil 30 sentyabrgacha to‘xtatilishi kerak. Biroq agar YeI mamlakatlari gaz omborlarini to‘ldirishda qiyinchiliklarga duch kelsa, bu muddat 2027 yil 1 noyabrgacha uzaytirilishi mumkin. 

Bundan tashqari qabul qilingan nizomga ko‘ra, Rossiya bilan yangi gaz shartnomalarini tuzishni taqiqlash ko‘zda tutilgan. Bu yangi qonun kuchga kirganidan olti hafta o‘tgach kuchga kiradi. 

2024 yilda YeIga yetkazib beriladigan barcha gazning taxminan 19 foizi Rossiyadan kelgan. Rossiyaning Ukrainaga qarshi urushi va Rossiya gazini sotib olishning sezilarli darajada kamayishi tufayli Rossiya neftiga deyarli to‘liq embargo qo‘llanilganiga qaramay, YeI 2024 yilda Rossiya byudjetiga oyiga taxminan 1,5 milliard yevro to‘lagan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Ozarbayjon Avstriya va Germaniyaga gaz yetkazib berishni boshlagani haqida xabar berilgandi.


Maqola muallifi

Teglar

Rossiya Moskva Evropa Ittifoqi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing