YeI Qambarota GES-1 qurilishiga katta miqdorda pul bermoqchi

Jamiyat

image
Qambarota GES-1 qurilishi tezlashtiriladi north_east

Qambarota GES-1 qurilishi tezlashtiriladi

Yevropa Ittifoqi Qambarota GES-1 qurilishi uchun 1 milliard dollar ajratadi. Bu haqda Qirg‘iziston Energetika vazirligi xabar berdi.

Qayd etilishicha, 9-10 oktyabr kunlari Energetika vaziri Taalaybek Ibrayev Bryusselga (Belgiya) tashrif buyurib, u yerda Global Gateway forumida ishtirok etdi.

Tadbir davomida u xalqaro moliya tashkilotlari hamda Qozog‘iston Energetika vaziri Yerlan Akkenjenov va O‘zbekiston Energetika vaziri Jo‘rabek Mirzamahmudov bilan uchrashuvlar o‘tkazib, Qambarota GES-1 loyihasining borishini muhokama qildi.

Shu munosabat bilan Yevropa Ittifoqi Qirg‘iziston, O‘zbekiston va Qozog‘istonga loyihani moliyalashtirish uchun jami 2,4 milliard dollar ajratishga kelishib oldi va uch davlat bilan ikki tomonlama hujjat imzoladi.

Aniqlik kiritilishicha, ikki memorandum Yevropa Ittifoqi Qirg‘iziston Respublikasiga 1 milliard dollar ajratishga tayyorligini bildirganidan keyin imzolangan:

  1. Qirg‘iziston Energetika vazirligi va Yevropa investitsiya banki o‘rtasida Qambarota GES-1 loyihasini moliyalashtirish bo‘yicha o‘zaro anglashuv memorandumi. Muzokaralarda loyihani 500 million dollargacha moliyalashtirishga kelishib olindi.
  2. Qirg‘iziston Energetika vazirligi va Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki o‘rtasida Qambarota GES-1 loyihasini moliyalashtirish bo‘yicha o‘zaro anglashuv memorandumi. Hujjat 500 million dollargacha moliyalashtirishni nazarda tutadi.

Ma’lumot uchun, Qambarota GES-1 – quvvati 1860 megavatt bo‘lgan, Qirg‘izistonning Norin daryosida qurilishi rejalashtirilayotgan yirik gidroelektrstansiyasi bo‘lib, u Markaziy Osiyoda energetik xavfsizlikni mustahkamlash va suv resurslaridan oqilona foydalanishni ta’minlashga qaratilgan muhim mintaqaviy tashabbus o‘laroq ko‘rilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Rossiya Prezidenti Vladimir Putin Markaziy Osiyo mintaqasidagi yirik energetika loyihalarida Rossiya sarmoyasi va ishtirokini yanada oshirish rejalarini ma’lum qilgandi.


Maqola muallifi

Teglar

Evropa Ittifoqi Bel'giya Jo'rabek Mirzamahmudov Taalaybek Ibraev Qambarota GES-1 Erlan Akkenjenov

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing