YeIda migrantlar soni rekord darajada ko‘paydi
Olam
−
22 aprel 3020 1 daqiqa
Yevropa Ittifoqida migrantlar soni rekord darajaga – 64,2 millionga yetdi. Bu haqda Migratsiya tadqiqotlari va tahlili markazi (CReAM) tomonidan Rockwool Foundation Berlin xayriya tashkiloti bilan hamkorlikda tayyorlangan ma’ruzada keltirilgan.
Unga ko‘ra, 2025 yilda Yevropa Ittifoqi mamlakatlarida 64,2 million immigrant istiqomat qilgan. Bu ko‘rsatkich o‘tgan yilga nisbatan 2,1 millionga oshib, rekord darajaga yetgan. Taqqoslash uchun, 2010 yilda YeIda immigrantlar soni qariyb 40 million nafar bo‘lgan.
Hisobotda qayd etilishicha, Germaniya eng ko‘p migrantlar yashaydigan davlat bo‘lib qolmoqda – u yerda qariyb 18 million migrant bor. Fransiya va Ispaniyada ularning soni tegishlicha 9,6 million va 9,5 milliongacha oshgan. Shu bilan birga, Ispaniyada Yevropaning yirik davlatlari orasida migrantlarning eng katta oqimi qayd etilgan.
Aholining umumiy soniga nisbatan olganda, migrantlarning eng yuqori ulushi Lyuksemburgda kuzatilgan – 51,2 foiz. Undan keyingi o‘rinlarni katta farq bilan Italiya (33 foiz), Malta (32 foiz) va Kipr (27,6 foiz) egallab turibdi. Migrantlarning eng kam ulushi esa Polshada – 26 foiz qayd etilgan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Yevropa mamlakatlari aeroportlarida kirish/chiqish tizimi (EES) to‘liq ishga tushirilgach, chegara nazoratida uzun navbatlar va kechikishlar yuzaga kelgani haqida xabar berilgan edi. Tig‘iz vaqtda kutish muddati ikki-uch soatga yetgan, ayrim yo‘lovchilar esa reyslariga kechikkan.
Live
Barchasi