Yong‘in xavfsizligi qoidalarini buzgan mansabdorlarga javobgarlik kuchaytiriladi

Jamiyat

image

O‘zbekistonda mansabdorlarga yong‘in xavfsizligi qoidalarini buzganlik uchun javobgarlik kuchaytiriladi. Bu haqda joriy yilning 20 aprel kuni qabul qilingan “O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga yong‘inlarning oldini olish samaradorligini oshirishga qaratilgan o‘zgartirishlar va qo‘shimcha kiritish to‘g‘risida”gi qonunda so‘z boradi.

Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksga kiritilgan qo‘shimchalarga ko‘ra, korxona, muassasa, tashkilot, jamoat joylari, omborxona binolari, yotoqxona va turar joylarda, shuningdek tegishli ob’ektlarni loyihalashtirish, qurish va qayta qurish chog‘ida yong‘in xavfsizligi qoidalarini buzish fuqarolarga BHMning 1 baravaridan 3 baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa 3 baravaridan 10 baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘lishi belgilandi.

Amaldagi tahrirda mazkur huquqbuzarlik uchun mansabdor shaxslarga BHMning 3 baravaridan 7 baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘lishi belgilangan.

Shuningdek, kiritilgan qo‘shimchalarga ko‘ra, O‘zbekiston Respublikasi yong‘in nazorati bo‘yicha bosh davlat inspektori va uning o‘rinbosarlari davlat yong‘in nazorati organlari nomidan ma’muriy huquqbuzarliklar to‘g‘risidagi ishlarni ko‘rib chiqishga hamda mansabdor shaxslarga BHMning 25 baravarigacha miqdorda jarima solishga haqli ekanligi belgilangan. Amaldagi tahrirda mazkur jarima miqdori BHMning 20 baravari etib belgilangan.

Ushbu qonun rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran uch oy o‘tgach kuchga kiradi.


Maqola muallifi

Teglar

javobgarlik mansabdor Yong'in xavfsizligi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing