“Yer bilan yakson qilamiz”. Tramp AQSH Eronga hujum boshlaganini aytdi

Olam

image

Bugun, 28 fevral kuni AQSH Prezidenti Donald Tramp Eron bo‘yicha operatsiyalar haqida 8 daqiqalik bayonot berdi va unda Eronga qilingan hujumda AQSHning ishtirok etganini tasdiqladi.

Uning qayd etishicha, Eronga qilingan harbiy opreatsiyalar Amerika xalqini himoya qilish uchun amalga oshirilmoqda.

“Amerika qo‘shinlari yaqinda Eron hududida katta harbiy operatsiyani boshladi. Bizning maqsadimiz – amerikaliklarni himoya qilish va Eron rejimidan keladigan bevosita tahdidlarni yo‘q qilishdir.

Bu juda qattiqqo‘l va dahshatli odamlar guruhi. Ularning tahdid soluvchi faoliyati to‘g‘ridan-to‘g‘ri AQSHga, bizning qo‘shinlarimizga, chet eldagi bazalarimizga va butun dunyo bo‘ylab ittifoqchilarimizga xavf tug‘diradi”, degan Tramp.

U shuningdek, AQSH Eron raketalarini yo‘q qilishi va ularning raketa sanoatini yer bilan yakson qilishini ham ma’lum qilgan.

Isroilning tezkor operatsiyasi

Bugun, 28 fevral kuni AQSH Isroil bilan birgalikda Eron hududiga hujumlar uyushtirishni boshladi. Qatardagi AQSH elchixonasi barcha xodimlarga zudlik bilan xavfsiz joylarda boshpana izlash buyrug‘i bergan.

Eronning “Mehr” axborot agentligi Tehrondagi Eron razvedka binosiga hujum qilinganini da’vo qilmoqda.

Shuningdek, Air Haifa aviakompaniyasi Ichki front qo‘mondonligi ko‘rsatmalariga muvofiq bugungi barcha reyslarni bekor qilgani haqida xabar berilgan.

Bundan tashqari, OAV Eron aholisiga tayanib, mamlakatning turli hududlarida tartibsizlik va vahima hukm surayotgani haqida xabar bermoqda.

OAVga ko‘ra, Isroil tomonidan start berilgan operatsiya “Yehuda qalqoni” deb nomlangan.

Shu bilan birga, Isroilda bo‘lib turgan harbiy texnikalarga yonilg‘i quyuvchi vositalar ham Isroilni tark etgani haqida xabarlar bor.


Maqola muallifi

Teglar

AQSh Eron Tramp hujum

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing