Yevropa Rossiyaning “soya floti” tankerlarini musodara qilmoqchi
Olam
−
15:41 876 1 daqiqa
Yevropa davlatlari Rossiyaning “soya floti” tankerlarini musodara qilish imkoniyatini muhokama qilmoqda. Bu haqda “Bloomberg” xabar berdi.
Buyuk Britaniya Mudofaa vaziri Jon Hili Myunxen xavfsizlik konferensiyasi doirasida YeI davlatlari Mudofaa vazirlari bilan Rossiyaning “soya flot”iga qarshi choralarni muhokama qilgan. Uchrashuvda qatnashgan Britaniya Qurolli kuchlari rahbari Richard Nayton tankerlarga nisbatan harakat variantlarini, jumladan, kemalarni qo‘shma operatsiyalar orqali qo‘lga olish imkoniyatlarini taqdim etgan.
Nashr manbasiga ko‘ra, bunday operatsiyalarda Yevropa davlatlari AQSH bilan muayyan darajada muvofiqlashuvga ega bo‘lishi mumkin.
Estoniya Mudofaa vaziri Xanno Pevkur esa “soya floti” kemalariga bayroq berayotgan davlatlar boshqa mamlakatlar tomonidan choralar ko‘rilishi mumkinligini bilishi kerakligini aytgan. Biroq aniq choralar qo‘shimcha muhokamani talab qiladi, chunki ayrim davlatlar eskalatsiyadan xavotirda.
Ma’lumotga ko‘ra, “soya floti” taxminan 1,5 mingta kemaga ega bo‘lib, ular Rossiya neftini tashiydi. Bu kemalar sanksiyalarni chetlab o‘tish uchun turli mamlakatlar bayroqlaridan foydalanadi. YeI va AQSH sanksiya ro‘yxatlariga yuzlab shunday kemalar kiritilgan, ayrimlari amerikalik harbiylar ishtirokida qo‘lga olingan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq AQSH harbiylari Hind okeanida sanksiyalarni buzganlikda gumon qilingan Aquila II nomli neft tankerini qo‘lga olganini ma’lum qilgandi.
Live
Barchasi