Yo‘q tovarlarni sotib, odamlarni aldagan “bojxonachilar” ushlandi

3-sahifa

image

Bojxona qo‘mitasi nomidan fuqarolarni aldagan guruh qo‘lga olindi. Bu haqda Bojxona qo‘mitasi xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, jinoyatchilar Bojxona qo‘mitasi nomidan foydalanib, fuqarolarni aldash orqali ularning pullarini o‘zlashtirib kelgan. Ular Telegram messenjerida “bojxona orqali arzon tovarlar kirib kelmoqda” mazmunida guruh ochib, aslida mavjud bo‘lmagan mahsulotlarni sotuvga qo‘ygan.

Firibgarlar dastlab ishonch qozonish maqsadida kichik miqdorlarda pul olgan, keyinchalik esa mijozlardan to‘liq to‘lovlarni talab qilgan. Pul mablag‘lari o‘tkazilgach, jabrlanuvchilar bilan aloqa uzilib, ular telefon raqamlari va messenjerlarda bloklab qo‘yilgan.

Mazkur jinoyat ishi doirasida 5 nafar shaxs aniqlanib, ularga nisbatan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) 3-qismi “b”, “g” bandlari bilan ayblov e’lon qilingan. Gumonlanuvchilarga nisbatan qamoqqa olish ehtiyot chorasi qo‘llanilgan.

Hozirda holat yuzasidan dastlabki tergov harakatlari boshlangan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Toshkent shahrida AQSHga ishga yuborishini aytib, fuqarodan 75 ming dollar olgan shaxs qo‘lga tushgani haqida xabar berilgandi.


Maqola muallifi

Teglar

firibgarlik Bojxona qo'mitasi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing