Yo‘lning o‘rtasida fotosessiya qilgan talabalarga chora ko‘rildi

3-sahifa

image

Ijtimoiy tarmoqlarda bir guruh talabalarning yo‘lning o‘rtasida to‘xtab, suratga tushgani aks etgan video tarqaldi va muhokamalarga sabab bo‘ldi. Ma’lum bo‘lishicha, ushbu harakatni amalga oshirgan talabalarga chora ko‘rilgan. Bu haqda “Millar” dasturida xabar berildi.

Qayd etilishicha, mazkur voqea Toshkent shahar Yunusobod tumanida sodir bo‘lgan. Bitiruvchi talabalar piyodalar yo‘lagiga chiqib, fotosessiya qilgan. Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasi Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi tomonidan harakat qoidalarini buzgan talabalarga nisbatan Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 138-moddasiga (Piyodalar va yo‘l harakati boshqa ishtirokchilarining yo‘l harakati qoidalarini buzishi) binoan ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirilib, ular bilan profilaktik suhbatlar amalga oshirilgan.

Shuningdek, ushbu tadbirdan so‘ng universitet atrofida to‘xtash va to‘xtab turish qoidalarini buzib, sun’iy tirbandliklarga sabab bo‘layotgan haydovchilarga nisbatan reyd tadbirlari o‘tkazilgan va tegishli tartibda ma’muriy bayonnomalar rasmiylashtirilgan.


Maqola muallifi

Teglar

Toshkent Yunusobod talabalar fotosessiya

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing