Zangiotada ham amaldor pora bilan qo‘lga tushdi (video)

3-sahifa

image

Toshkent viloyati Zangiota tumani qishloq xo‘jaligi bo‘limi bosh mutaxassisi 20 ming AQSH dollari pora bilan ushlandi. Bu haqda Davlat havfsizlik xizmati xabar berdi.

Qayd etilishicha, Zangiota tuman qishloq xo‘jaligi bo‘limi bosh mutaxassisi mahalliy fuqaroga tegishli uyning yonida joylashgan va davlat zaxirasida bo‘lgan 8 sotix yer maydonini tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanishi uchun tuman hokimligi tomonidan tuziladigan ishchi guruh orqali uning nomiga rasmiylashtirib berish evaziga 40 ming AQSH dollari talab qilgan.

Mutaxassis ushbu pul mablag‘idan 20 ming AQSH dollarini olgan vaqtida Davlat xavfsizlik xizmati va Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xodimlari tomonidan ushlangan.

Hozirda unga nisbatan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) 4-qismi “a” bandi va 28,211-moddasi (pora berish) 3-qismi “a” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, “qamoq” ehtiyot chorasi qo‘llanilgan. Tergov harakatlari olib borilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Namangan shahri hokimi Anvar Otaxo‘jayev 60 ming dollar pora olayotganda qo‘lga tushgani xabar qilingan edi. U poyabzal ishlab chiqaruvchi MCHJ rahbari bilan o‘zaro til biriktirib, qurilish sohasida tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanmoqchi bo‘lgan fuqarodan shahar hududidagi 35 sotix yer maydonida joylashgan, ma’nan eskirgan turarjoy binolari o‘rniga ko‘p qavatli uy barpo etish huquqini olib berish va moliyalashtirish evaziga 60 ming AQSH dollari talab qilgan.


Maqola muallifi

Teglar

pora Zangiota amaldor

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing