Zangiotada yuk mashinasi ko‘prikka borib urildi

3-sahifa

image

Toshkent viloyatining Zangiota tumanida yuk mashinasi ko‘prikka urilib, to‘xtab qoldi. Bu haqda viloyat Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, kecha, 26 sentyabr kuni soat 19:00 larda Zangiota tumanida yuk mashinasining haydovchisi taqiqlovchi belgiga amal qilmay, gabarit o‘lchamlari to‘g‘ri kelmagan transport vositasida ko‘prikning piyodalar harakatlanishi uchun mo‘ljallangan qismidagi beton to‘cinga borib urilgan.

Shundan so‘ng, voqea joyiga yo‘l harakati xavfsizligi hodimlari yetib borib, yuzaga kelgan holatni bartaraf qilgan.

Ushbu hodisada harakat ishtirokchilarining sog‘lig‘i va ko‘prikning avtomobillar harakatlanish uchun mo‘ljallangan qismiga ziyon yetmagan. Faqatgina ko‘prikning piyodalar harakati uchun mo‘ljallangan qismi shikastlangan. Hozirda shikastlangan qismni ta’mirlash choralari ko‘rilmoqda. Shuningdek, avtomobillarning erkin harakatlanishi to‘liq yo‘lga qo‘yilgan.

Bildirilishicha, holat yuzasidan Zangiota tumani IIB YHXB tomonidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Namangan viloyatining Chust tumanida yuk mashinasi savdo do‘koniga borib urilgan edi. YTH oqibatida yuk avtomashinasi va savdo do‘koniga moddiy zarar yetgan. Hodisa oqibatida tan jarohati olganlar bo‘lmagan.

 

 


Maqola muallifi

Teglar

Zangiota yuk mashinasi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing