Zelenskiy front chizig‘iga bordi

Olam

image

Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiy bugun, 11 noyabr kuni front chizig‘ida joylashgan, Dnepr daryosi orqali Rossiya pozitsiyalaridan bir necha kilometr uzoqlikda turgan va doimiy bombardimon hamda dron hujumlariga uchrab kelayotgan Xerson shahriga bordi. Bu haqda Zelenskiy ijtimoiy tarmoqlardagi sahifasida ma’lum qildi. 

Ukraina yetakchisi tarmoqlarda Xerson shahriga kirish qismida, orqa fonda shahar nomi yozilgan katta bezakli belgi oldida tushgan suratni joyladi.

U, shuningdek, 2022 yilda Rossiya qo‘shinlari Xersondan chekinganining uch yilligiga bag‘ishlangan nutqidan video ham e’lon qildi.

“Biz Xersonni mustahkamlaydigan qarorlarni tayyorlayapmiz”, dedi Zelenskiy nutqida.

Prezidentning aytishicha, u 11 noyabr kuni mahalliy amaldorlar va harbiylar bilan shaharni himoya qilish masalalari, xususan, Rossiyaning tobora kuchayib borayotgan kichik dron hujumlari tahdidi yuzasidan yig‘ilish o‘tkazadi.


Maqola muallifi

Teglar

Rossiya Ukraina Vladimir Zelenskiy Xerson

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing