Zelenskiy Tramp Putinni tiz cho‘ktirishi mumkinligini aytdi

Olam

image
Zelenskiy Moskvaga zarba bermasligi kerak – Tramp  north_east

Zelenskiy Moskvaga zarba bermasligi kerak – Tramp 

Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiy faqat qattiq bosimgina Kremlni yon berishga majbur qilishi mumkinligi va AQSH Prezidenti Donald Tramp bunga qodir ekanini aytdi. Bu haqda u “New York Post” nashriga bergan intervyusida so‘z ochdi.

Zelenskiyning so‘zlariga ko‘ra, Rossiya Prezidenti Vladimir Putin go‘yoki qurolli mojaroga barham berish uchun murosaga tayyor emas.

Shu bilan birga, Ukraina rahbari Tramp Rossiyada go‘yoki “ijtimoiy portlash”ga olib kelishi mumkin bo‘lgan qattiq cheklovchi choralarni tezlashtirish orqali Rossiya yetakchisini “tiz cho‘ktirish” qudratiga ega ekanini ta’kidladi.

“U buni his qilishi kerak”, deydi Zelenskiy.

Zelenskiy sanksiyalarni qo‘llab-quvvatlagani uchun Oq uyga juda minnatdor ekanini aytgan va bu orqali u Trampning agar Moskva 50 kun ichida tinchlik kelishuviga rozi bo‘lmasa, Rossiya neftini sotib oluvchi davlatlarga 100 foiz bojlar joriy etishi haqidagi e’loniga ishora qilgan.

“Ellik kunning har bir kuni biz uchun dahshatli kundir”, deb xulosa qilgan Zelenskiy.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Prezident Vladimir Zelenskiy AQSH Ukrainaga qurol yetkazib berishni tiklaganini ma’lum qilgandi.


Maqola muallifi

Teglar

Donal'd Tramp Putin Zelenskiy

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing