Zelenskiy Trampdan 50 yillik xavfsizlik kafolatlarini so‘radi
Olam
−
29 dekabr 2025 3071 2 daqiqa
Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiy bugun, 29 dekabr kuni AQSH Prezidenti Donald Trampdan Ukraina uchun uzoq muddatli – 30-50 yilgacha bo‘lgan xavfsizlik kafolatlarini berishni so‘raganini ma’lum qildi.
Uning aytishicha, hozir tomonlar 15 yillik kafolatlar variantini, keyinchalik ularni uzaytirish imkoniyati bilan, muhokama qilmoqda.
“Men unga aytdim: urush bizda qariyb 15 yildan beri davom etyapti, shuning uchun kafolatlar yanada uzoq muddatli bo‘lishini juda istaymiz. Biz 30-40-50 yillik variantni ko‘rib chiqishni xohlaymiz, dedim. Ana shunda bu Prezident Tramp uchun tarixiy qaror bo‘ladi. Prezident esa: “O‘ylab ko‘raman”, dedi”, dedi Zelenskiy.
Ukraina Prezidentining qo‘shimcha qilishicha, mamlakatdagi harbiy holat Kiyev xavfsizlik kafolatlarini olmaguncha bekor qilinmaydi. Bu kafolatlar AQSH Kongressi va Ukraina parlamenti tomonidan qo‘llab-quvvatlanishi kerak. Uning ta’kidlashicha, bunday kafolatlarsiz tuzilgan sulh urushning yakunlanishini anglatmaydi. Kafolatlar monitoring, hamkor davlatlarning ishtirokini o‘z ichiga olishi va urushni tugatish bo‘yicha kelishuvlar bilan bir vaqtda taqdim etilishi lozim.
Zelenskiy Budapesht memorandumi va Minsk kelishuvlari “ish bermaganini” ham eslatdi. Shuningdek, u Putin bilan ehtimoliy uchrashuvi uchun Ukraina taklif etgan tinchlik rejasi AQSH va Yevropa davlatlari tomonidan ma’qullanishi shart ekanini bildirdi.
Floridada bo‘lib o‘tgan Zelenskiy va Tramp uchrashuvidan keyin Ukraina Prezidenti tinchlik rejasi 90 foizga, AQSH tomonidan xavfsizlik kafolatlari esa 100 foizga kelishilganini aytgan edi. Biroq bu kafolatlarning mazmuni hozircha oshkor etilmagan.
Live
Barchasi31 dekabr 2025
Farg‘ona davlat texnika universiteti rektori Qo‘ng‘irotboy Sharipovga yangi o‘rinbosar bo‘ldi.
30 dekabr 2025
30 dekabr 2025
30 dekabr 2025
29 dekabr 2025