Pezeshkiyon urushni tugatish uchun tovon puli talab qildi

Olam

image

Eronga qarshi urushni tugatishning yagona yo‘li – mamlakatning qonuniy huquqlarini tan olish, respublikaga tovon puli to‘lash va kelajakdagi hujumlardan xalqaro xavfsizlik kafolatlarini berishdir. Bu haqda Eron Prezidenti Mas’ud Pezeshkiyon o‘zining X ijtimoiy tarmog‘ida yozib qoldirdi. 

Uning ta’kidlashicha, Rossiya va Pokiston rahbarlari bilan suhbatda Eron mintaqada tinchlikni ta’minlashga sodiq ekanini bildirgan.

“Sionistik rejim va AQSH boshlagan bu urushni tugatishning yagona yo‘li – Eronning qonuniy huquqlarini tan olish, reparatsiyalar to‘lash va kelajakdagi tajovuzdan mustahkam xalqaro kafolatlar berishdir”, degan Pezeshkiyon. 

Avvalroq, OAVda Tehron Vashingtondan xavfsizlik kafolatlarini talab qilayotgani haqida xabarlar tarqaldi. Biroq, bu kafolatlar urushni darhol to‘xtatish uchun emas, balki uni yakunlash bo‘yicha muzokaralarni boshlash sharti sifatida qo‘yilgan.

Ma’lum qilinishicha, Tehron Vashingtondan kelajakda hujum qilmaslik bo‘yicha kafolat, zarar uchun kompensatsiya hamda Eron o‘z atom energetika ob’ektlarida to‘liq yadroviy yoqilg‘i siklini amalga oshirish huquqini tan olishni talab qilmoqda.

Shu bilan birga, AQSH Prezidenti Donald Tramp AQSH Eron bilan faqat uning to‘liq taslim bo‘lishiga oid kelishuvni imzolashga tayyor ekanini bildirgan. Uning so‘zlariga ko‘ra, AQSH ko‘p jihatdan allaqachon ustunlikka erishgan, ammo bu yetarli emas va mamlakat raqibini to‘liq mag‘lub etmoqchi. 

Eslatib o‘tamiz, avvalroq AQSH Isroildan Eronning energetika, ayniqsa neft infratuzilmasi ob’ektlariga zarba berishni to‘xtatishni so‘ragani haqida xabar berilgandi.


Maqola muallifi

Teglar

Eron Donal'd Tramp tovon puli Mas'ud Pezeshkiyon

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing