Jahon chempionati kechiktirilishi mumkin
Sport
−
10 Oktabr 16759 1 daqiqa
FIFA 2034 yilgi Jahon chempionatini 2035 yilga ko‘chirishi mumkin. Bu haqda “The Athletic” nashri ma’lum qildi.
Manbaga ko‘ra, Saudiya Arabistonida bo‘lib o‘tadigan mundial kechiktirilishi mumkin. 2034 yildagi Ramazon oyining JCH o‘tkazilishi reja qilingan dekabr oyiga to‘g‘ri kelishi bunga asosiy sabab bo‘lib turibdi. Shu tufayli, FIFA musobaqani 2035 yilning yanvar oyida o‘tkazish g‘oyasini ko‘rib chiqmoqda.
Shuningdek, 2034 yilgi mundialni yozda o‘tkazishi mumkin emas, sababi bu vaqtda Saudiya Arabistonida havo harorati +52 darajagacha ko‘tariladi.
Shu tariqa, JCH-2034 nafaqat qishda o‘tadigan ikkinchi, balki tarixda toq yilda tashkil etiladigan birinchi Jahon chempionati bo‘lishi mumkin. Ma’lumot uchun, futbol bo‘yicha birinchi qishki Jahon chempionati 2022 yilda Qatarda bo‘lib o‘tgan.
Jahongir Inomjonov
Live
Barchasi