Janubiy Koreyadagi yong‘inda O‘zbekiston fuqarosi halok bo‘lgani rad etildi
Olam
−
31 yanvar 3639 1 daqiqa
Ommaviy axborot vositalarida Janubiy Koreyada yuz bergan yong‘in oqibatida O‘zbekiston fuqarosi halok bo‘lgani haqida tarqalgan xabarlar tasdiqlanmadi. Bu haqda “Dunyo” xabar berdi.
O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligi Konsullik-huquqiy departamentining ma’lum qilishicha, mamlakatning Seuldagi diplomatik vakolatxonasi Janubiy Koreyaning vakolatli organlari bilan doimiy aloqada bo‘lib, voqea tafsilotlariga aniqlik kiritmoqda. Bildirilishicha, halok bo‘lganlar orasida O‘zbekiston fuqarolari mavjud emas.
O‘zbekistonning Janubiy Koreyadagi elchixonasi diplomatlari voqea joyiga borib, vaziyatni o‘rganganlarida halok bo‘lgan shaxs 60 yoshli Qozog‘iston Respublikasi fuqarosi ekanligi aniqlangan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq “Yonhap News” nashri Janubiy Koreyadagi maishiy buyumlar ishlab chiqaruvchi zavodda sodir bo‘lgan yong‘in ortidan O‘zbekiston fuqarosi bedarak yo‘qolgani haqida xabar bergandi. Nashrga ko‘ra, Yong‘in chiqqan paytda zavodda ishlayotgan 83 nafar xodimdan 81 nafari o‘z vaqtida evakuatsiya qilingan. Biroq, Nepal fuqarosi bo‘lgan 20 yoshlar atrofidagi bir xodim va O‘zbekiston fuqarosi bo‘lgan 50 yoshlar atrofidagi yana bir xodim bilan aloqa uzilgan, ular bedarak yo‘qolgan deb taxmin qilinmoqda.
Live
Barchasi