Janubiy Koreyaning sobiq prezidenti KXDRga yordam berganlikda ayblandi
Olam
−
10 noyabr 3612 2 daqiqa
Janubiy Koreya prokuraturasi sobiq prezident Yun Sok Yolga qo‘shimcha ayblovlar qo‘ydi. U o‘z vakolatini suiiste’mol qilganlikda va dushman davlatga, xususan, Shimoliy Koreyaga yordam berganlikda ayblanmoqda. Bu haqda “Yonhap” xabar berdi.
Tergov ma’lumotlariga ko‘ra, sobiq prezident Shimoliy Koreyani harbiy harakatlarga chorlash va shu orqali harbiy holat e’lon qilish uchun bahona yaratish maqsadida o‘tgan yilning oktyabr oyida Pxenyanga dronlar bilan havo hujumi uyushtirishni buyurgan. Uchirilgan uchuvchisiz samolyot Pxenyan yaqinida qulagan, bu esa, ayblovning ta’kidlashicha, harbiy sirlarning oshkor etilishiga olib kelgan.
Nashrning qayd etishicha, Shimoliy Koreyaga yordam berish ayblovi qo‘shni davlat bilan til biriktirishning haqiqiy dalillarini talab qilmaydi. Yordamchi ayblov mamlakat harbiy manfaatlariga har qanday zarar yetkazilganda qo‘llanilishi mumkin. Sobiq mudofaa vaziri Kim Yon Xyon va Qurolli kuchlar qarshi razvedka qo‘mondonligining sobiq rahbari Yo In Xyon ham bu borada ayblangan.
2024 yilning dekabrida Yun Sok Yol mamlakatda harbiy holat joriy qilgan, shundan so‘ng parlament unga impichment e’lon qilgan. Sobiq prezident davlat to‘ntarishini uyushtirganlikda ayblanib, yanvar oyida hibsga olingan edi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Janubiy Koreya Prezidenti Li Chje Myon mamlakat konstitutsiyasida ko‘rsatilganidek, Koreya Xalq Demokratik Respublikasiga (KXDR) tinch yo‘l bilan birlashuv tarafdori ekanini aytgandi. Oradan bir hafta o‘tgach, u yana bir bor Pxenyan bilan buzilgan aloqalarni tiklashga chaqirdi.
Live
Barchasi