Kim Chen In va arzandasi aviashouda qatnashdi

Olam

image

Joriy yilning 28 noyabr kuni Shimoliy Koreya yetakchisi Kim Chen In va uning qizi Kim Chju E mamlakat Harbiy-havo kuchlari tashkil topganining 80 yilligida ishtirok etdi. Bu haqda Koreya markaziy axborot agentligi xabar berdi.

Tadbir davomida mamlakat yetakchisi yadroviy imkoniyatni kuchaytirish maqsadida Harbiy-havo kuchlari yangi “strategik harbiy jihozlar” bilan ta’minlanishini e’lon qilgan. Marosimda unga jangovar samolyotlar taqdim etilgan. Ularning barchasini ayol uchuvchilar boshqargan.

Shimoliy Koreya yetakchisi uchuvchilarning “ruhi va jasorati” eng kuchli qurol ekanini ta’kidlab, ichki va xalqaro auditoriyaga “signal” yo‘llagan.

Shuningdek, marosimda jangovar samolyotlar, uchuvchisiz apparatlar, erta ogohlantirish samolyotlari va mobil raketa uchirish qurilmalari kabi texnikalar namoyish qilingan.

Nutqi davomida Kim Chen In Harbiy-havo kuchlariga “yangi strategik harbiy elementlar” yetkazib berilishini e’lon qilgan va bu aviatsiya qudrati mamlakatning “yadroviy tiyib turish” siyosati doirasida muhim rol o‘ynashini aytgan.

Marosimdagi yana bir muhim nuqta – ayol uchuvchilar boshqargan jangovar samolyotlarning namoyish etilishi bo‘lgan. Kim ayol uchuvchilarni maqtagan. 

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Kim Chen In Kanvon provinsiyasida barpo etilgan yangi “Armiya va xalq” gidroelektr stansiyasining ishga tushirilishi marosimida qatnashgandi va uning ob’ektlari bilan tanishgandi.


Maqola muallifi

Teglar

Kim Chen In Shimoliy Koreya Kim Chju E

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing