Jastin Getji UFC’da 1 million AQSH dollari bonus ishlab topdi
Sport
−
10:03 965 1 daqiqa
2026 yil 24 yanvardan 25 yanvarga o‘tar kechasi AQSHning Nevada shtati, Las-Vegas shahrida bo‘lib o‘tgan UFC 324 turniridan so‘ng Jastin Getji ingliz jangchisi Peddi Pimblettga qarshi bahsda “Oqshomning eng yaxshi jangi” nominatsiyasi bo‘yicha bonusga sazovor bo‘ldi.
Yangi qoidalarga muvofiq, ushbu bonus miqdori 100 000 dollarni tashkil etadi. Bu avvalgi 50 000 dollarlik mukofotga nisbatan ikki baravar ko‘pdir. Shu tariqa, Jastin Getji UFC’dagi faoliyati davomida olgan bonuslarining umumiy miqdori 1 million AQSH dollariga yetdi.
Shuningdek, UFC 324 turniridan boshlab qo‘shimcha rag‘batlantiruvchi bonus ham joriy etildi. Endilikda nokaut bilan g‘alaba qozongan har bir jangchi o‘z gonorariga qo‘shimcha ravishda 25 000 dollar oladi. Mazkur turnir doirasida beshta jang nokaut bilan yakunlandi.
Live
Barchasi