Jastin Timberleyk xastalikka chalindi
Madaniyat-san’at
−
02 avgust 14072 2 daqiqa
Amerikalik qo‘shiqchi Jastin Timberleyk dunyo bo‘ylab gastrol safari chog‘ida Lyme kasalligi (mahalli borrelioz) bilan kasallandi. Bu haqda u Instagram’dagi sahifasida ma’lum qildi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, u butun gastrol davomida sog‘lig‘i bilan bog‘liq muammolar bilan kurashgan.
“Ba’zi sog‘liq muammolari bilan kurashyapman va menga Lyme kasalligi tashxisi qo‘yilgan. Men buni sizni menga achinish uchun emas, balki sahna ortida nimalar bo‘lganiga oydinlik kiritish uchun aytyapman”, deya yozgan u.
Gastrol davomida u ko‘pincha qo‘shiqlarni oxirigacha ijro etmagani uchun tomoshabinlar tomonidan tanqid qilingan, shuning uchun Parij, Varshava va Dublindagi konsertlarda qo‘shiqlarini ijro etmasligi mumkin edi.
Jastin Timberleyk ham o‘shanda tanlov qilishi kerakligini aytdi: konsertni davom ettirish yoki to‘xtatish.
Forget Tomorrow dunyo gastrollari Yevropa, AQSH, Janubiy Amerika va hatto Sharqiy Yevropaning turli shaharlarida konsertlarni o‘z ichiga olgan. So‘nggi konsertlarning bir qismi Baku, Tbilisi va Istanbul shaharlarida bo‘lib o‘tdi.
Ma’lumot uchun, Lyme kasalligi o‘rgimchaksimonlar sinfiga mansub bo‘lgan hashorot – shomil chaqishi orqali yuqadi. Kasallik nevrologik og‘riq va umumiy charchoq orqali o‘zini namoyon qiladi. Bungacha Jastin Biber, Avril Lavin, Bella Xadid va Kelli Osborn ham xuddi shunday kasalikka chalingandi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq mashhur xonanda Enrike Iglesias ham jiddiy kasallikka chalingani va shu tufayli Meksikada o‘tkazilishi rejalashtirilgan konsertini bekor qilganini aytib chiqqandi.
Live
Barchasi