JCH-2026 ishtirokchilari soni 42 taga yetdi
Sport
−
19 noyabr 2299 1 daqiqa
Kecha, 18 noyabr kuni Yevropada Jahon chempionati-2026 saralashining birinchi bosqichi yakuniga yetdi. Guruh bahslari natijalariga ko‘ra, Avstriya, Ispaniya, Belgiya, Shotlandiya va Shveysariya terma jamoalari ham Jahon chempionati yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi.
Yevropa mintaqasidagi saralash yakunlandi. Endi guruhlarda ikkinchi o‘rinni egallagan jamoalar 2026 yil mart oyida o‘tkaziladigan pley-off bosqichida yana 4 ta yo‘llanma uchun kurash olib boradi.
Shimoliy Amerika mintaqasida ham saralashning uchinchi bosqichi o‘z nihoyasiga yetdi. 3 ta guruh g‘olibi mundial yo‘llanmasiga ega bo‘ldi. “B” guruhi so‘nggi turida Yamayka maydonida durang qayd etgan Kyurasao o‘z tarixida ilk bor Jahon chempionatida ishtirok etishga erishdi. Natijada Yamayka qit’alararo pley-offga yo‘llanadigan bo‘ldi. Shuningdek, Panama va Gaiti ham JCH-2026 yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi.
Shu tariqa, Jahon chempionatiga yo‘l olgan jamoalar soni 42 taga yetdi. Qolgan 6 ta yo‘llanma esa 2026 yil mart oyida bo‘lib o‘tadigan pley-off bahslari orqali aniqlanadi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Germaniya va Niderlandiya terma jamoalari ham o‘z guruhlaridagi so‘nggi tur o‘yinlarida yirik hisobdagi g‘alabalarni qo‘lga kiritib, Jahon chempionatiga yo‘llanmani qo‘lga kiritgan edi.
Live
Barchasi