Italiya-Isroil o‘yini oldidan norozilik namoyishlari bo‘lib o‘tdi

Sport

image

Italiya terma jamoasining Jahon chempionati-2026 saralash bosqichidagi Isroilga qarshi o‘yini oldidan Udine shahrida Falastin tarafdorlari va politsiya o‘rtasida to‘qnashuvlar sodir bo‘ldi. Minglab odamlar o‘yinning o‘tkazilishiga norozilik sifatida shahar ko‘chalarida tinch yurish o‘tkazdi. Bu haqda “Euronews” nashri xabar berdi.

Manbaga ko‘ra, namoyishlar G‘azo bo‘yicha yangi tuzilgan sulh bitimiga qaramay davom etgan. Taxminan 10 ming kishi ishtirok etgan yurishning oxirida ayrim tartibsizliklar kuzatilgan. Tartibni saqlash uchun 1000 dan ortiq politsiyachi va armiya xodimlari jalb qilindi. Vertolyotlar va dronlar “Friuli” stadioni atrofida kuzatuv olib bordi. Maydon atrofida qat’iy nazorat punktlari o‘rnatilib, muxlislar o‘yinga kirishda metall detektorlardan o‘tishdi.

Falastin tarafdorlari Italiya futbol federatsiyasi (FIGC)ni Isroil jamoalariga qarshi boykot e’lon qilmagani uchun tanqid qildi. Shunga qaramay, stadionda yig‘ilgan muxlislar Isroil madhiyasi yangraganida qarsak chaldi. O‘yinda Italiya 3:0 hisobida g‘alaba qozondi. Mateo Retegi penaltidan hisobni ochdi, Janluka Manchini va Nikolo Barella esa g‘alabani mustahkamladi. Bu natija Italiyaga pley-off bosqichida qatnashish imkonini taqdim etdi.

Ma’lumot uchun, saralash bosqichi natijalariga ko‘ra, Norvegiya terma jamoasi “I” guruhida hozircha uch ochko oldinda bormoqda, biroq Italiya hamon to‘g‘ridan to‘g‘ri yo‘llanma uchun kurashni davom ettirmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

Italiya Isroil G'azo Jahon chempionati-2026

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing