Tezkor: Jennifer Lopez ilk bor O‘zbekistonda konsert beradi

Madaniyat-san’at

image

2025 yil 7 avgust kuni Toshkentdagi Bunyodkor stadionida jahon super yulduzi Jennifer Lopezning “Up All Night – Live in 2025ʼʼ jahon sayyor chiqishlari doirasidagi konsert dasturi bo‘lib o‘tadi. Bu haqda Madaniyat va san’atni rivojlantirish jamg‘armasi xabar berdi.

Qayd etilishicha, O‘zbekistondagi dastur qo‘shiqchining mamlakatdagi ilk chiqishi bo‘lib, Madaniyat va san’atni rivojlantirish jamg‘armasining tashabbusi bilan xalqaro madaniy hamkorlikni targ‘ib etish va O‘zbekiston turizm sohasini rivojlantirish doirasida o‘tkazilib kelinayotgan loyihalar qatoriga kiradi.

Ma’lumot uchun, Jennifer Lopez amerikalik qo‘shiqchi, aktrisa, raqqosa va film prodyuseridir. 1997 yilda Selena biopikasida birinchi o‘rinni egallagan Lopez, filmdagi roli uchun 1 million AQSH dollari miqdorida pul topgan birinchi lotin aktrisasi o‘laroq “Oltin globus” mukofoti bilan taqdirlangan. Keyinchalik, “Anakonda” (1997) va “Out of Sight”  (1998) filmlarida suratga tushgan. Shuningdek, Lopez Gollivudning eng ko‘p haq to‘lanadigan lotin aktrisalaridan biridir.


Maqola muallifi

Teglar

Jennifer Lopez kontsert dasturi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing