Jizzaxda o‘g‘lining yerini sotayotgan ota ushlandi

3-sahifa

image

Jizzax viloyatining G‘allaorol tumanida hokimlikning qishloq xo‘jaligi bo‘limi bosh mutaxassisi o‘z o‘g‘lining yerini sotish jarayonida pora talab qilgani uchun qo‘lga olindi. Bu haqda Davlat xavfsizlik xizmati xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, Jizzax viloyati G‘allaorol tumani hokimligining qishloq xo‘jaligi bo‘limi bosh mutaxassisi o‘zining o‘g‘liga tegishli bo‘lgan fermer xo‘jalikning 11 gektar yer maydonini xaridorga 11 ming AQSH dollariga sotishga kelishib, muqaddam 5 ming AQSH dollari olgan.

Biroq, u qolgan 6 ming AQSH dollari hamda tegishli hujjatlarni hokimlik va kadastr idoralaridagi tanishlari orqali rasmiylashtirib berish evaziga 700 AQSH dollari, jami 6700 dollarni olgan vaqtida Davlat xavfsizlik xizmati va Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xodimlari tomonidan qo‘lga olingan.

Hozirda bosh mutaxassisga nisbatan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) 3-qismi “a” bandi va 28,211-moddasi (pora berish) 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Toshkent shahrida yer maydonini 9 mln AQSH dollariga sotmoqchi bo‘lgan ayollar qo‘lga olingandi.


Maqola muallifi

Teglar

firibgarlik pora berish

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing