Zoyir Mirzayev prokurorlar uchun “parkovka” qurishga 4,5 mlrd so‘m ajratdi
Jamiyat
−
09 dekabr 6641 1 daqiqa
Toshkent viloyati prokuraturasiga 0,93 gektar yer maydonida avtoturargoh qurish uchun viloyat mahalliy byudjetidan 4 milliard 500 million so‘m ajratildi. Bu bo‘yicha viloyat hokimi Zoyir Mirzayev joriy yilning 6 dekabr kuni farmoyish chiqardi.
Farmoyishga ko‘ra, bu pul viloyat mahalliy byudjetining 2025 yil III chorak yakuni bilan daromadlar rejasining orttirib bajarilgan qismi hisobidan ajratilgan.

Hattoki, unda mablag‘ ajratish bo‘yicha “Davlat moliyasini boshqarish axborot tizimi”da tegishli o‘zgartirishlar kiritilishini ta’minlash topshirig‘i berilgan.
Zoyir Mirzayev imzolagan hujjatda aytilishicha, ajratilgan mablag‘ bo‘yicha to‘lovlarni o‘z vaqtida amalga oshirilishini ta’minlash viloyat G‘aznachilik boshqarmasiga topshirilgan. Hokimlikning Ishlar boshqarmasi ajratilgan mablag‘ni belgilangan tartibda “Toshkent viloyati hokimligi huzuridagi Toshkent viloyatida biznes markazlarini qurish direksiyasi” DUK hisob raqamiga o‘tkazishi lozim.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Toshkent viloyati xokimi Zoyir Mirzayev ayollar orasida rak kasalligining oshishini ularning tandirda non pishirmasliklari bilan bog‘lagandi.