AQSH va Rossiya fazogirlari kosmosdan Qozog‘istonga qo‘ndi (video)

Texnologiya

image

Bugun, 9 dekabr kuni Amerika va Rossiya ekipajidan iborat “Soyuz MS-27” kosmik kemasi kosmosdagi 8 oylik safardan so‘ng Yerga muvaffaqiyatli qaytdi. Bu haqda “Roscosmos” xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, kema bugun, 9 dekabr kuni Toshkent vaqti bilan 10:04 da Qozog‘istonning Jezkazgan shahri yaqinidagi dasht hududiga qo‘ngan. Ekipajda Sergey Rijikov, Aleksey Zubritskiy va Jonni Kim Xalqaro kosmik stansiyada muvaffaqiyatli ishlagan va 2025 yilning kuzidan beri orbitada ilmiy hamda texnik tadqiqotlar olib borgan.

2025 yil 8 aprel kuni “Soyuz MS-27” Qozog‘istondagi Boyqo‘ng‘ir kosmodromidan uchirilgan edi. Ular “Expedition 73” tarkibiga mansub bo‘lib, mazkur ekspeditsiya doirasida stansiyada bir qator kosmik chiqishlar, ilmiy tajribalar va texnik xizmatlar amalga oshirilgan.

Kemaning Qozog‘istondagi dashtga reja bo‘yicha qo‘nishi missiyaning to‘liq muvaffaqiyat bilan yakunlanganidan dalolat beradi hamda navbatdagi parvozlarning ham reja asosida davom etishini ko‘rsatadi.

Ma’lumot o‘rnida, Soyuz missiyalari AQSH va Rossiya o‘rtasidagi ko‘p yillik kosmik hamkorlik an’anasi hisoblanadi. Geosiyosiy ziddiyatlarga qaramay, kosmosdagi hamkorlik davom etmoqda. 2025 yilda “Soyuz MS-27” ekipaji tarkibida amerikalik astronavt Jonni Kim va rossiyalik kosmonavtlar birgalikda ishlagan.

Eslatib o‘tamiz, oldiroq Xitoy 3 nafar astronavt va 4 ta sichqonni kosmosga uchirgani haqida xabar berilgandi.


Maqola muallifi

Teglar

Rossiya Qozog'iston Amerika Soyuz MS-27 kosmik hamkorlik

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing