“Barselona” o‘z futbolchisi evaziga Kanseluni sotib olmoqchi
Sport
−
25 mart 1970 1 daqiqa
“Barselona” klubi o‘z yarim himoyachisi Mark Kasadoni Saudiya klubiga berish orqali, Joau Kanseluni “Al Hilol”dan to‘liq sotib olmoqchi. Bu haqda “Mundo Deportivo” xabar berdi.
Manbaga ko‘ra, “Barselona” agar Kasado hozirgi darajasidagi o‘yinini davom ettirsa, ispaniyalik yarim himoyachi evaziga klub qishda “Al Hilol”dan ijaraga olingan Kanseluni butunlay sotib olishga tayyor. Portugaliyalik futbolchi ham “Barselona”da qolishni xohlashini bildirgan.
Ma’lumotlarga ko‘ra, “Barselona” Kasadoni 20 million yevroga baholamoqda, “Al Hilol” esa Kanseluni 15 million yevroga sotishi mumkin.
Ma’lumot uchun, joriy mavsumda Kasado barcha musobaqalarda 29 ta o‘yinda maydonga tushib, bitta golli uzatmani amalga oshirgan. Kanselu esa “Barselona” safida 12 ta o‘yinda maydonga tushib, bitta gol urdi va to‘rtta golli uzatmani amalga oshirdi.
Live
Barchasi