Boshiga chopqi kirib ketgan erkak shifoxonada navbat kutdi (video)

Olam

image

Hindistonning Mumbay shahrida shifokorlar boshiga machete (katta chopqi pichoq) kirib ketgan erkakning hayotini saqlab qoldi. Bu haqda “India Today” xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, hujum vaqtida machete jabrlanuvchi Rohit Pavarning bosh suyagini teshib, taxminan to‘rt santimetrgacha miyasiga kirib ketgan.

Shunga qaramay, erkak hujumdan keyin mustaqil ravishda kasalxonaga yetib borgan. U yordam kutayotgan vaqtda umumiy navbatda turgan va telefondan foydalanib o‘tirgan.

Hodisa 1 mayga o‘tar kechasi Manxurd tumanida shaxsiy mojaro ortidan sodir bo‘lgan. Sion shifoxonasi jarrohlari operatsiya orqali macheteni muvaffaqiyatli olib tashlagan. Hozirda bemorning ahvoli barqaror deb baholanmoqda.

Oradan bir kun o‘tib politsiya uch nafar gumonlanuvchini qo‘lga olgan. Ularning barchasi voyaga yetmaganlar bo‘lib, maxsus tarbiya muassasasiga jo‘natilgan. Tergov davom etmoqda.

Kasalxonada olingan va Rohit Pavar boshida machete bilan telefonda gaplashayotgani aks etgan video ijtimoiy tarmoqlarda tez tarqalgan.


Maqola muallifi

Teglar

Hindiston chopqi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing