Eron BAAdagi neft omboriga hujum qildi

Olam

image

Birlashgan Arab Amirliklarining Fujayra amirligida joylashgan neft qayta ishlash hududida dron hujumi ortidan yong‘in kelib chiqqan. Bu haqda amirlik hukumati matbuot xizmati ma’lum qildi.

Qutqaruv xizmatlari yong‘inni bartaraf etish ishlarini boshlagan. “Aja News” xabariga ko‘ra, hujum oqibatida Hindistonning uch nafar fuqarosi jarohat olgan.

Hozirda BAA hududida havo hujumidan mudofaa tizimlari faol ishlamoqda. Rasmiylar to‘rtta eron raketasi aniqlanganini bildirgan. Ularning uchtasi dengiz ustida yo‘q qilingan, to‘rtinchisi esa dengizga tushgan.

“Mamlakatning turli hududlarida eshitilayotgan tovushlar – bu BAA havo mudofaa tizimlarining ishlashi natijasidir”, deyiladi xabarda.

Ma’lumot uchun, Fujayra – mintaqada neft eksport qilishda davom etayotgan kam sonli terminallardan biri hisoblanadi. U Hormuz bo‘g‘oziga yaqin bo‘lsa-da, uning tashqarisida joylashgan. O‘tgan yili ushbu port orqali kuniga 1,7 million barreldan ortiq neft va neft mahsulotlari eksport qilingan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq BAA rasmiylari Eronni Hormuz bo‘g‘ozi orqali o‘tayotgan ADNOC neft-gaz kompaniyasi tankeriga dronlar bilan hujum qilishda ayblagan. Ular bu harakatni BMT Xavfsizlik Kengashining erkin dengiz qatnovini ta’minlashga oid rezolyutsiyasini buzish, deb baholagan.


Maqola muallifi

Teglar

Eron Hindiston Fujayra Birlashgan Arab Amirliklari

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing