Endi O‘zbekistonda taqiqlangan diniy materiallarni tekshirish mumkin (video)

Jamiyat

image

Telegram mesenjerida foydalanuvchilar uchun diniy materiallarning O‘zbekiston hududida taqiqlangan yoki taqiqlanmaganini tekshirish mumkin. Bu haqda Din ishlari bo‘yicha qo‘mita matbuot xizmati xabar berdi.

Axborotga ko‘ra, Davlat xavfsizligi xizmati, Ichki ishlar vazirligi va Din ishlari bo‘yicha qo‘mitaning hamkorligida taqiqlangan diniy materiallardan xabardor qilish va ogohlantirish tizimi – @dinuzbbot maxsus Telegram-boti ishga tushirilgan. Ushbu bot orqali O‘zbekiston hududida taqiqlangan diniy materiallarning dinshunoslik ekspertizasi mavjud yoki mavjud emasligi, xususan, kitoblar, ayrim shaxs va tashkilotlarning faoliyati va rasmiy diniy saytlarning ro‘yxatlari haqida ma’lumot olish mumkin.

Shuningdek, foydalanuvchi biror manbani o‘zi yuborib, u haqda ma’lumot olishi ham mumkin. Bot hozirda test rejimida ishga tushirilgan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq O‘zbekistonda taqiqlangan ekstremistik kanallar ro‘yxati e’lon qilingan edi.

Oybek Rustamov


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

O'zbekiston diniy Telegram-bot

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing