Falastin Prezidenti va Sadir Japarov uchrashdi
Olam
−
17 iyun 2023 5402 1 daqiqa
Kecha, 16 iyun kuni Qirg‘iziston Prezidenti Sadir Japarov Falastin rahbari Mahmud Abbos bilan uchrashdi. Bu haqda “Akipress” xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, uchrashuvda Qirg‘iziston-Falastin ikki tomonlama hamkorligining dolzarb masalalari va qo‘shma hamkorlikni rivojlantirish istiqbollari muhokama qilingan.

Sadir Japarov Qirg‘iziston Falastin davlati bilan do‘stona munosabatlarni rivojlantirish va turli o‘zaro manfaatli sohalarda hamkorlikni mustahkamlashdan manfaatdor ekanini ta’kidlagan.
Qirg‘iziston rahbari ikki tomonlama aloqalarni rivojlantirish va ikki davlat o‘rtasida yuqori darajadagi siyosiy muloqotni davom ettirishdan, tomonlarni qiziqtirgan barcha sohalarda hamkorlikni yo‘lga qo‘yishdan manfaatdor ekanini qayd etgan.

Shuningdek, Prezident Sadir Japarov Qirg‘iziston arab dunyosi bilan o‘zaro hamkorlikni mustahkamlashga intilayotgani va xalqaro maydonda hamisha Falastinni qo‘llab-quvvatlab kelayotganini aytib o‘tgan.
“Buning bir qismi sifatida Qirg‘iziston tomoni Falastin bilan BMT va Islom hamkorlik tashkiloti platformalarida hamkorlikni rivojlantirishga alohida e’tibor qaratmoqda”, deyiladi xabarda.

Bundan tashqari, Mahmud Abbos Falastin tomoni Qirg‘izistonda o‘z elchixonasini ochishga va Falastin xalqaro hamkorlik agentligini Qirg‘iziston tomoni bilan aloqa o‘rnatishga yo‘naltirishga tayyorligini aytib o‘tgan.
Live
Barchasi