Sadir Japarov futbol o‘ynadi, tanaffusda esa hujjatlarni imzoladi (video)

Olam

image

Bugun, 13 dekabr kuni Qirg‘iziston poytaxti Bishkek shahrida mamlakat Prezidenti Sadir Japarov ham ishtirok etayotgan an’anaviy “Muras” futbol turnirining birinchi kuni yakunlandi. Bu haqda “24.kg” xabar berdi.

O‘tkazilgan uchrashuvlar yakuniga ko‘ra, “Prezidenttin komandasi” turnirning chorak finaliga yo‘l olgan. Jamoa “Aymaktar” va “Femida” terma jamoalarini mag‘lub etgan, “Elchiler” jamoasiga esa yutqazgan.

Chorak finalda, shuningdek, “Dostuk”, “Onor”, “Aymaktar”, “Sport cheberleri”, “Iyman”, “Ish bashkarmasi” va “Den sooluk” jamoalari ham ishtirok etadi. Turnir ertaga, 14 dekabr kuni davom ettiriladi.

Prezident Sadir Japarov “Muras” an’anaviy futbol turnirida Prezident Administratsiyasi xodimlari, Vazirlar Mahkamasi a’zolari hamda davlat organlari va idoralari rahbarlaridan iborat jamoa safida maydonga tushmoqda.

Shu bilan birga, uchrashuvlar orasidagi tanaffuslarda Qirg‘iziston rahbari ish faoliyatini ham davom ettirmoqda. Xususan, u hujjatlar bilan ishlayapti va davlat organlari rahbarlarini qabul qilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, joriy yilning may oyida Sadir Japarov “Prezidenttin komandasi” bilan “Muras” turnirining uchinchi o‘rnini egallagan edi. Ular 200 ming som (taxminan 27 mln so‘m) pul mukofoti bilan taqdirlangan.


Maqola muallifi

Teglar

Sadir Japarov futbol turniri Muras

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing