Grenlandiya AQSHni orolga nisbatan hurmatsizlikni to‘xtatishga chaqirdi

Olam

image

Grenlandiya parlamentining besh siyosiy partiyasi AQSHning hurmatsiz munosabatiga chek qo‘yishni talab qilib, qo‘shma bayonot e’lon qildi. Bu haqda mahalliy “Sermitsiaq” gazetasi xabar berdi.

“Biz amerikalik bo‘lishni istamaymiz, biz daniyalik bo‘lishni istamaymiz, biz grenlandiyalik bo‘lishni istaymiz”, deyiladi bayonotda.

Siyosatchilar Grenlandiyaning kelajagini faqat uning fuqarolari belgilashi kerakligini, tashqi aralashuvga yo‘l qo‘yilmasligini bildirgan. Shuningdek, Grenlandiya AQSH va boshqa G‘arb davlatlari bilan hamkorlikni davom ettirishni xohlashini ma’lum qilgan.

Ma’lumot uchun, AQSH Prezidenti Donald Tramp qayta hokimiyatga kelganidan buyon bir necha bor Grenlandiyani AQSH tarkibiga qo‘shish rejaci haqida gapirib kelmoqda. Jumladan, “The Atlantic” nashriga bergan intervyusida u orolni Vashingtonga mudofaa uchun zarurligini aytgan. Boshqa bir bayonotida esa Rossiya va Xitoy bilan o‘zaro raqobati sabab aholi roziligisiz ham Grenlandiya ustidan nazorat o‘rnatishga tayyor ekanini bildirgan.

Trampning Grenlandiya bo‘yicha maxsus vakili, Luiziana gubernatori Jeff Lendri esa ma’muriyatning maqsadi bosib olish emas, balki iqtisodiy kuch va himoya taklif qilish ekanini qayd etgan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq AQSH rasmiylari Grenlandiya aholisiga bir martalik to‘lovlarni amalga oshirishni muhokama qilgan va bu orqali ularni Daniyadan ajralib chiqishga hamda AQSHga qo‘shilishiga ishontirmoqchi edi. Biroq bu uzoq yillardan beri mustaqillik va Daniyaga qaramlikni muhokama qilib kelayotgan Grenlandiya aholisi uchun bu haddan tashqari tahqirlovchi taklif tarzda qabul qilinishi mumkinligi takidlangan edi.


Maqola muallifi

Teglar

AQSh Donal'd Tramp Grenlandiya

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing