Xalqaro narkotiklarni nazorat qilish qo‘mitasi missiyasi O‘zbekistonga keladi

Jamiyat

image

Kecha, 20 aprel kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi rahbari Saida Mirziyoyeva narkotahdidlarga qarshi kurashish bo‘yicha Samarqandda o‘tkazilayotgan xalqaro forum doirasida Xalqaro narkotiklarni nazorat qilish qo‘mitasi (XNNQ) Bosh kotibi Stefano Berterame bilan uchrashuv o‘tkazdi. Bu haqda Saida Mirziyoyeva o‘zining Telegram-kanalida ma’lum qildi.

Uning bildirishicha, uchrashuv davomida tahliliy va laboratoriyaviy bazani rivojlantirish, raqamli nazorat vositalarini joriy etish, soha mutaxassislarini tayyorlash mavzulariga alohida e’tibor qaratilgan.

“Juda muhim va jiddiy masalalar muhokama qilindi. Biz giyohvand moddalar aylanmasini nazorat qilish milliy tizimini izchil takomillashtirib bormoqdamiz. Bu borada xalqaro ekspertlarning xulosasi biz uchun katta ahamiyatga ega”, deydi Mirziyoyeva.

Uchrashuv davomida qo‘mita missiyasining O‘zbekistonga kutilayotgan tashrifiga oid amaliy masalalar ham ko‘rib chiqilgan.

Eslatib o‘tamiz, kecha, 20 aprel kuni Samarqandda boshlangan “Jamoat salomatligi va xavfsizligini ta’minlash maqsadida transmilliy narkotahdidlarga qarshi kurashish” mavzusidagi global forumda viloyatda Markaziy Osiyo Narkologlar assotsiatsiyasining Bosh ofisi tashkil qilinishi e’lon qilingandi.

Shuningdek, Saida Mirziyoyeva Samarqandda o‘tkazilayotgan xalqaro forum doirasida Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti Bosh direktori Tedros Adanom Gebreyesus va BMTning Narkotiklar va jinoyatchilik bo‘yicha boshqarmasi ijrochi direktori o‘rinbosari Bo Matiasen bilan uchrashuv o‘tkazdi.


Maqola muallifi

Teglar

Samarqand Saida Mirziyoeva Stefano Berterame

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing