Xorazmda maktab direktori o‘quvchi qizlarni kaltaklab, ularning sochini yuldi (video)

3-sahifa

image

Ijtimoiy tarmoqlarda Xorazm viloyatidagi maktablardan birining direktori o‘quvchilarni urib, ularning sochidan tortib sudragani aks etgan videolar tarqaldi. Holat yuzasidan viloyat Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi ma’lumot berdi.

Qayd etilishicha, tarmoqlarda sizdirilgan videodagi ayol Qo‘shko‘pir tumanidagi 14-son maktab direktori hisoblanadi. Holat joriy yilning 7 aprel kuni sodir bo‘lgan. Shu kuni maktab direktori dars vaqtida 11-sinf o‘quvchilarining xonasiga kirib, bir necha qizlar sochini yig‘magani sababli ularning sochidan tortib, tanbeh bergan va buning ortidan ularning biri bilan janjallashib ketgan.

Viloyat MMTB bergan xabarga ko‘ra, holat yuzasidan maktab direktori vakolatli tashkilotlar tomonidan ma’muriy javobgarlikka tortilgan, shuningdek, pedagogga xos bo‘lmagan harakatlari uchun unga “hayfsan” intizomiy jazo chorasi qo‘llangan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Andijon viloyatining Oltinko‘l tumanida 38-umumta’lim maktabining direktori o‘quvchilarni ayovsiz kaltaklagandi. Keyinroq bunga o‘quvchining sinf xonasida pirotexnika vositalaridan foydalangani sabab bo‘lgani aytildi. Shuningdek, Samarqand viloyatida ham maktab direktori o‘quvchini urgandi. Bunga esa o‘quvchining biologiya darsida sinfdoshi bilan gaplashib, jim o‘tirmagani sabab bo‘lgani aytildi.


Maqola muallifi

Teglar

Xorazm maktab direktori hayfsan Qo'shko'pir tumani MMTB

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing