Kiyevga hujum. Qurbonlar va yaralanganlar bor

Olam

image

Rossiya qo‘shinlari bugun, 25 noyabrga o‘tar kechasi Kiyev va uning atrofidagi hududlarga keng ko‘lamli zarba berdi. Bu haqda Ukraina Favqulodda vaziyatlar vazirligi xabar berdi. 

Kiyev shahar harbiy ma’muriyati rahbari Temur Tkachenko ma’lumotiga ko‘ra, hujum oqibatida 1 kishi halok bo‘lgan, 7 fuqaro jabrlanib, ulardan 2 nafari shifoxonaga yotqizilgan. 

Qutqaruv xizmatlarining xabar berishicha, halok bo‘lgan shaxs Dneprovsk tumanidagi 9 qavatli uyning to‘g‘ridan to‘g‘ri zarbaga uchrashi va yong‘in oqibatida vafot etgan. 

Pechersk tumanidagi 22 qavatli uydan aholi evakuatsiya qilingan. Uyning 4–7 qavatlari zarbaga uchragan va yong‘in sodir bo‘lgan. Dneprovsk tumanida esa rus droni to‘g‘ridan to‘g‘ri 9 qavatli uyga tushib, 6–7 qavatlarda vayronagarchilik va yong‘inga olib kelgan, 8 kishi qutqarilgan yana 4 kishi mustaqil ravishda tibbiy yordamga murojaat qilgan. 

Kiyev viloyati harbiy ma’muriyati boshlig‘i Nikolay Kalashnik hujumlar tinch aholi yashaydigan punktlarga qaratilganini bildirgan. Ukraina Energetika vazirligi esa mamlakatning energetika infratuzilmasiga ham keng ko‘lamli zarba berilganini ma’lum qilgan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Rossiyaning Ternopolga bergan zarbasi oqibatida 26 kishi halok bo‘lgandi.


Maqola muallifi

Teglar

Rossiya Kiev Temur Tkachenko

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing