“Ko‘ksaroy”da Paragvay Prezidenti kutib olindi
Jamiyat
−
11 dekabr 3335 1 daqiqa
Bugun, 11 dekabr kuni Toshkentdagi “Ko‘ksaroy” qarorgohida O‘zbekistonga rasmiy tashrif bilan kelgan Paragvay Respublikasi Prezidenti Santyago Penyani kutib olish marosimi bo‘ldi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi.
Santyago Penyaning O‘zbekistonga tashrifi 11-13 dekabr kunlariga mo‘ljallangan. Unga safar davomida rafiqasi Letitsiya Okampos hamrohlik qilmoqda.
Toshkent shahrida bo‘lib o‘tadigan oliy darajadagi muzokaralarda O‘zbekiston bilan Paragvay o‘rtasida siyosiy, savdo-iqtisodiy, madaniy va gumanitar sohalardagi hamkorlikni rivojlantirish istiqbollari muhokama qilinishi rejalashtirilgan.
Jumladan, qishloq xo‘jaligi, oziq-ovqat va kimyo sanoati, raqamlashtirish, turizm hamda sport sohalarida amaliy sheriklikni o‘rnatishga alohida e’tibor qaratiladi.
Paragvay yetakchisi, shuningdek, Xalqaro avtomobil federatsiyasi Bosh assambleyasida va federatsiya shafeligida o‘tkaziladigan musobaqalar g‘oliblarini taqdirlash marosimida ishtirok etadi.