Afsus! Murodjon Ahmadaliyev Inouega qarshi jangda yutqazdi

Sport

image

Bugun, 14 sentyabr kuni yaponiyalik bokschi, mutlaq jahon chempioni Naoya Inoue Yaponiyaning Nagoya shahridagi IG Arenada chempionlik unvonini o‘zbekistonlik bokschi Murodjon Ahmadaliyevga qarshi jangda himoya qilish uchun ringga ko‘tarildi.

Jangda Naoya Inoue egalik qilib kelayotgan Ring Magazine, WBC, WBA, WBO va IBF kamarlari o‘rtaga qo‘yildi. Jang ancha qizg‘in kechdi. Naoya Inoue Ahmadaliyevga o‘z chempionlik kamarlarini berib qo‘ymaslik uchun ham ancha ter to‘kdi. Ahmadaliyev esa o‘zining aniq zarbalarini yo‘llay oldi. Ammo shu bilan bir qatorda, Inoue tomonidan yo‘llangan zarbalarni ham o‘tkazib yubordi. Jangda hakamlarning yakuniy qaroriga ko‘ra, Murodjon Ahmadaliyev mag‘lubiyatga uchradi.  

Inoue va Ahmadaliyev jangi uchun umumiy gonorar taxminan 20 million dollar etib belgilangan edi, bu yerda Inoue “A tomoni” sifatida 75/25 nisbatda taqsimotdan foydalandi. U o‘z faoliyatidagi eng katta gonorarini – 15 million dollarni qo‘lga kiritdi. 

Murodjon Ahmadaliyev esa jangda da’vogar va “B tomoni” hisoblanadi. U Inouega qarshi jangdan 5 million dollardan ko‘proq mablag‘ oldi. Bu uning faoliyatidagi eng katta gonorari bo‘ldi, chunki u ilgari hech qachon 1 million dollardan ortiq pul olmagan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq AQSHning Las-Vegas shahrida professional boksning katta kechasi bo‘lib o‘tgandi. Yengil, yarim o‘rta vazn, yarim-o‘rta va o‘rta vazn toifalarida qatnashadigan amerikalik yengilmas professional bokschi Terens Krouford ikkinchi o‘rta vazn toifasida meksikalik bokschi Saul Alvaresga qarshi ringga ko‘tarildi. Oldinroq Madrimovni yenggan Krouford bu galgi jangda ham g‘alaba qozonib, hakamlarning yakuniy qaroriga ko‘ra, (116-112, 115-113, 115-113), WBC, WBA, WBO, IBF va The Ring kamarlarini qo‘lga kiritdi.


Maqola muallifi

Teglar

boks Murodjon Ahmadaliev Inoue

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing