Saida Mirziyoyeva Rimda “Insoniy birodarlik” mukofoti hay’ati yig‘ilishida qatnashdi
Jamiyat
−
13 dekabr 1459 1 daqiqa
O‘zbekiston Prezidenti Administratsiyasi rahbari Saida Mirziyoyeva Italiyada o‘tkazilgan xalqaro tanlov g‘oliblarini tanlashda ishtirok etdi. Bu haqda u o‘zining Telegram-kanalida ma’lum qildi.
Mirziyoyevaning bildirishicha, joriy yilning 11-12 dekabr kunlari Italiyaning Rim shahrida Shayx Zoid nomidagi “Insoniy birodarlik-2026” mukofoti hay’atining yakuniy yig‘ilishi bo‘lib o‘tgan.
%20copy(28).jpg)


“Ushbu tadbir doirasidagi uchrashuvlar nomzodlarni har tomonlama o‘rganishga yordam berdi. Shuningdek, ularning o‘zaro hurmat, birdamlikni kuchaytirish hamda inson qadrini ko‘tarish borasidagi xizmatini baholashda muhim bosqich bo‘ldi”, deydi Mirziyoyeva.

Uning bildirishicha, bu yil tanlovda qatnashgan shaxslar va tashkilotlar haqiqatan kuchli – hamjamiyatlariga salmoqli ijobiy ta’sir ko‘rsatayotgan nomzodlar sifatida o‘zini namoyon etgan.

“Hurmatli hay’at a’zolari bilan birgalikda mukofot sovrindorlarini saralash jarayonida qatnashganimdan xursandman. Ishonchim komilki, bizning jamoaviy qabul qilgan qarorimiz jahonda o‘zaro anglashuv va konstruktiv muloqotni yanada rivojlantirishga salmoqli hissa qo‘shadi”, deydi O‘zbekiston Prezidenti Administratsiyasi rahbari.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Saida Mirziyoyeva Shayx Zoid nomidagi “Insoniy birodarlik” mukofoti hay’ati yig‘ilishi doirasida Rim Papasi Lev XIV bilan uchrashgani haqida xabar berilgan edi.
Live
Barchasi