Saida Mirziyoyeva Rim Papasi bilan uchrashdi

Jamiyat

image
Misrda Saida Mirziyoyevaning faoliyati e’tirof etildi north_east

Misrda Saida Mirziyoyevaning faoliyati e’tirof etildi

O‘zbekiston Prezidenti Administratsiyasi rahbari Saida Mirziyoyeva kecha, 11 dekabr kuni Shayx Zoid nomidagi “Insoniy birodarlik” mukofoti hay’ati yig‘ilishi doirasida Rim Papasi Lev XIV bilan uchrashdi. Bu haqda u o‘zining ijtimoiy tarmoqlardagi sahifasida yozdi.

Ma’lum qilishicha, Saida Mirziyoyeva Rim Papasi bilan Shayx Zoid nomidagi “Insoniy birodarlik” mukofotining madaniyatlararo va dinlararo anglashuvni kengaytirishga qaratilgan faoliyatining asosiy yo‘nalishlarini muhokama qilgan.

Shuningdek, O‘zbekistonda turli konfessiyalar vakillari, jumladan, katoliklar, totuvlik va bag‘rikenglik muhitida yashayotgani ta’kidlangan. Mukofot bu qadriyatlarni xalqaro miqyosda mustahkamlashga intilmoqda.

Bundan tashqari, butun dunyoda ishonchni mustahkamlash va insonparvarlik tamoyillarini ilgari surishga qaratilgan loyihalar ustida hamkorlikda ishlashga tayyorlik bildirilgan.

Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 10 dekabr kuni O‘zbekiston Prezidenti Administratsiyasi rahbari Saida Mirziyoyeva Turkmanistonning Avaza shahriga tashrif doirasida Turkmaniston Xalq Maslahati Raisi Gurbanguli Berdimuhamedovning to‘ng‘ich qizi Oguljahon Otaboyeva bilan uchrashgandi. Mirziyoyevaning bildirishicha, uchrashuvda gumanitar hamkorlikni rivojlantirish, ijtimoiy tashabbuslarni qo‘llab-quvvatlash, bolalikni himoya qilish sohasida tajriba almashish masalalari muhokama qilingan.


Maqola muallifi

Teglar

Saida Mirziyoeva Rim Papasi Rim Papasi Lev XIV

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing