“Seltik” bosh murabbiyi iste’foga chiqarildi 

Sport

image

Shotlandiyaning “Seltik” klubi bosh murabbiyi Brendan Rojers mavsumni muvaffaqiyatsiz boshlagani sababli iste’foga chiqdi. Klubning sobiq murabbiyi Martin O’Nil va sobiq futbolchisi Shon Maloni vaqtincha jamoani boshqarib turadi. Bu haqda klub matbuot xizmati xabar berdi.

“Seltik” futbol klubi Brendan Rojers o‘z iste’fosi haqida ariza berganini tasdiqlaydi. Qaror klub tomonidan qabul qilindi va Brendan darhol o‘z lavozimini tark etadi”,  deyiladi klub rasmiy bayonotida.

Klub shuningdek, yangi doimiy murabbiy tayinlash jarayoni boshlanganini ma’lum qildi. Shu orada Martin O’Nil va Shon Maloni jamoani vaqtinchalik boshqarishini tasdiqladi.

Ma’lumot uchun, shimoliy irlandiyalik mutaxassis Brendan Rojers avval “Suonsi”, “Liverpul” va “Lester” klublarini boshqargan. U 2023 yilning iyun oyida Ange Postekoglu o‘rniga ikkinchi bor “Seltik” bosh murabbiyi etib tayinlangan edi. Rojers avvalroq, 2016–2019 yillarda “Seltik”ni boshqargan va jamoasi bilan bir nech bor mamlakat chempioni bo‘lgan edi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Italiyaning “Yuventus” klubi bosh murabbiyi Igor Tudor iste’foga chiqarilan edi.


Maqola muallifi

Teglar

iste'fo Brendan Rojers “Seltik”

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing